2023 yilda viloyat hokimlariga aholi uchun uy-joy qurish topshirildi

Jamiyat

image

2023 yilda har bir viloyat hokimi 5-10 ming xonadonli uy-joy qurish rejasini qilib, buning uchun bir oy muddatda yer uchastkalarini auksionga chiqaradi. Bu haqda bugun,15 dekabr kuni  Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytildi.

Shuningdek, mutasaddilarga bir oy muddatda qurilish sohasida 6 oygacha ishga qabul qilish bo‘yicha soddalashgan mehnat shartnomalarini ishlab chiqib, kelgusi yilda norasmiy sektordagi 100 ming aholini qonuniy faoliyatga o‘tkazish vazifasi qo‘yildi.

Hokim yordamchilari bilan birgalikda har bir mahallada qurilish brigadalari tuzilib, 50 ming aholini daromadli mehnat bilan ta’minlashga topshiriq berildi. Bunda ularga mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratilishi ta’kidlandi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

348

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing