2023 yilda Turkiyada yozgi ta’til narxi qanchaga oshishi aytildi

Bu qiziq

image

2023 yilda Turkiyada yozgi ta’tilni o‘tkazish narxi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 30 foizga qimmatroq bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Turoperatorlari uyushmasi xabar berdi. 

“Bu yil yozda Turkiyadagi ta’til uchun shartnoma narxlari o‘tgan yilga nisbatan qariyb 30 foizga yuqori, biroq sayyohlar hali ham 40-60 foiz chegirma va foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash bilan erta bron qilish orqali pulni tejash imkoniyatiga ega”, deyiladi xabarda. 

Narxning eng katta o‘sishi 40% gacha bo‘lib, u besh yulduzli mehmonxonalarda narx o‘ssishi bilan bog‘liq. 

Mutaxassislarning eslatishicha, avvalroq turk mehmonxonachilari joriy yilga nisbatan narxlarning 50% gacha oshishi haqida ogohlantirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 yanvardan boshlab Turkiyada yashash uchun yangi turdagi soliq to‘lash amaliyoti kuchga kirdi. Endilikda mamlakatdagi barcha turar joylar sayyohlar qolishi uchun olingan mablag‘ning 2 foizini davlatga o‘tkazishi kerak. 

Yangi soliq to‘g‘ridan-to‘g‘ri sayyohlarga ta’sir qilmasligiga qaramay – uni mehmonxonachilar to‘laydi, turk mehmonxonalarida dam olish narxi oshadi. Mehmonxonachilar soliqni turar joy narxiga u yoki bu tarzda kiritadi. Biroq, turoperatorlarning 2023 yil yozi uchun allaqachon tuzilgan shartnomalariga ko‘ra, yuqori ehtimollik bilan hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmasligi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya yozgi ta'til

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing