2023 yilda qaysi davlatlar O‘zbekistonga eng ko‘p gumanitar yordam yuborgan?

Jamiyat

image

O‘zbekistonga 2023 yil yanvar-dekabr oylarida 30 ta davlatdan umumiy qiymati 197 mln 842 ming dollar miqdoridagi gumanitar yordam yuklari kirib kelgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining hisobotida so‘z boradi.

Gumanitar yordamning asosiy ulushi (83,63%) quyidagi beshta davlat hissasiga to‘g‘ri keladi:

  • Germaniya (71 mln 379,4 ming dollar yoki jami yordamning 36 foizi);
  • Xitoy (27 mln 467,6 ming dollar, 13,9 foiz);
  • AQSH (23 mln 234,2 ming dollar, 11,8 foiz);
  • Belgiya (22 mln 620,2 ming dollar, 11,4 foiz);
  • Shveysariya (20 mln 757,8 ming dollar, 10,5 foiz). 

Kirib kelgan gumanitar yordam quyidagi sohalarga to‘g‘ri kelgan:

  • sog‘liqni saqlashga (169 mln 233,5 ming dollar);
  • ijtimoiy sohaga (1 mln 244,4 ming dollar);
  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga (943,2 ming dollar);
  • ta’limga (247,2 ming dollar) yo‘naltirilgan.

Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston gumanitar yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing