2023 yil Ukraina uchun hal qiluvchi yil bo‘ladi – Pistorius
Olam
−
28 iyun 2023
9664Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius 2023 yil va kelgusi oylar Ukrainadagi vaziyatda hal qiluvchi bo‘ladi, deb hisoblaydi. Bu haqda u bugun, 28 iyun kuni mahalliy ZDF telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Men katta hujumga, Ukraina Qurolli Kuchlarining qarshi hujumiga pul tikaman. Yuqori ehtimollik darajasi bilan, hozir hal qiluvchi yil va hal qiluvchi oylar o‘tmoqda”, deydi Germaniya Mudofaa vaziri.
Pistoriusning so‘zlariga ko‘ra, shu sababli Germaniya bir necha hafta oldin Kiyevga yana 2,7 milliard yevrolik yordam paketini qabul qilgan.U Berlinning harbiy yordami uzoq muddatli bo‘lishini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukrainada qurilayotgan Rheinmetall zavodida eng yangi nemis Panther KF51 tankini ishlab chiqarish 15-20 oy ichida boshlanishi aytilgandi. Shuningdek, Ukraina Germaniyadan mamlakatga ko‘proq tank yetkazib berishni so‘ragan, bunga javoban Berlin Kiyevga Leopard 1 tanklarini yetkazib berish hajmini oshirishi ma’lum qilingan.