2022 yili qaysi sohada ko‘proq korrupsiyaviy jinoyat sodir etilgani aytildi
Jamiyat
−
30 yanvar 2023
9817Toshkent shahrida sudlar tomonidan 2022 yilda eng ko‘p ta’lim sohasida, 32 nafar shaxslarning ishi ko‘rib chiqilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahri sudi xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilda sohalar kesimida korrupsiyaga oid ko‘rib tamomlangan ishlar bo‘yicha sog‘liqni saqlash sohasida 16 nafar shaxs, ta’lim sohasida 32 nafar shaxs, bank yo‘nalishi bo‘yicha 7 nafar shaxsl jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Aniqlanishicha, yil davomida sudlar tomonidan jami 161 nafar shaxsga nisbatan oqlov qarorlari chiqarilgan, 2321 holatda tergov organi tomonidan asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarilgan.
Xususan, 1109 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan bo‘lib, jinoyat oqibatida yetkazilgan 293,4 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zararning o‘rni qoplangan. 1759 nafar shaxs sud zalida qamoqdan ozod qilingan.
Odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilikning kafilligi asosida jami 114 nafar shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan yoki qonunda nazarda tutilganidan ko‘ra yengilroq jazolar tayinlangan. 206 nafar shaxsga tayinlangan jazolar yengilroq jazo bilan almashtirilgan. 2403 nafar shaxs muddatidan ilgari jazodan (qamoqdan) ozod qilingan.
Jinoyat ishlarining 4 851 tasi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, 2 405 tasi uncha og‘ir bo‘lmagan, 4337 tasi og‘ir va 548 tasi o‘ta og‘ir toifadagi jinoyatlarni tashkil etgan.
Sudlanganlarning 1016 nafarini (10,8%) ayollar, 246 nafarini (2,6%) voyaga yetmaganlar, 381 nafarini (46,9%) yoshlar, 238 nafarini (2,5%), 60 yoshdan oshgan erkaklar, 106 nafarini (1,1%) chet el fuqarolari, 8 nafarini (00,8%) tadbirkorlar tashkil etgan.
LiveBarchasi