2022 yilda urush boshlanishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar aytildi 

Olam

image

2022 yilda qurolli to‘qnashuvlar boshlanishi mumkin bo‘lgan hududlar ro‘yxati tuzildi. Ushbu ro‘yxat fransuz jurnalisti Alen Frashon tomonidan tuzilgan.  

Muallifning yozishicha, bu hududlardan biri Erondir. Ta’kidlanishicha, yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralar biroz oldinga siljish bilan qayta boshlandi, biroq murosa qilish uchun maydon torayib bormoqda. Frashonning so‘zlariga ko‘ra, Tehron AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning shartnomadan bir tomonlama chiqib ketgan siyosatini unutmagan, shuning uchun u endi old shartlarni qo‘ymoqda. 

Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar Eron uranni 60 foizga boyitish darajasiga yetdi, ekspertlarning fikricha, uranni harbiy maqsadlarda qo‘llash uchun zarur bo‘lgan darajaga yetishga bor-yo‘g‘i bir oy kerak bo‘ladi. Jurnalistning fikricha, bu Isroil va AQSHni Eron yadroviy majmuasiga zarba berishga undamoqda, bu esa, o‘z navbatida, javobsiz qolmaydi, natijada mojaro butun Yaqin Sharqni qamrab olishi mumkin. 

Yana bir “xavfli” hudud — Tayvan. Vashingtonning fikricha, Xitoy orolga “aralashuv”ga olib kelishi mumkin bo‘lgan manyovrlarni amalga oshirmoqda. Muallifning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar avvalroq Tayvanga mudofaa vositalari yetkazib berishga va’da bergan edi, biroq Prezident Jo Bayden bu borada noaniqligicha qolmoqda. 

Frashon tomonidan sanab o‘tilgan hududlarning oxirgisi — Ukraina. Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQSHga xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha talablar qo‘yganida o‘z ambitsiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri e’lon qilgan, agar u qizil chiziqlar bo‘yicha vaziyatdan qoniqmasa, harakat qilishi kerak bo‘ladi. 

So‘nggi paytlarda G‘arb matbuoti va Kiyev muntazam ravishda Rossiyani Ukrainaga “bosqin” tayyorlayotganlikda ayblab keladi. Kremlning fikricha, bunday ayblovlar faqat Rossiya chegaralari yaqinida NATO kuchlarini ko‘paytirish uchun bahona sifatida kerak. Moskva ular hech kimga tahdid qilmayotgani va hech kimga hujum qilmoqchi emasligini, Rossiya hududi bo‘ylab qo‘shinlarning harakatlanishi hech kimni bezovta qilmasligi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

urush

Baholaganlar

5168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing