2022 yilda sifatsiz qurilish ishlari sabab jami 1,5 mlrd so‘m “havoga uchdi”
Jamiyat
−
08 noyabr 2022
5074O‘zbekistonda 2022 yilning 9 oyi davomida yo‘llarni ta’mirlashdagi 15 holat bo‘yicha sifatsiz bajarilgan qurilish montaj ishlari sabab jami 1 mlrd 576 mln 675 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ isrof bo‘ldi.
Bu haqida “O‘zyo‘linspeksiya” boshqarma boshlig‘i Dilshod Oxunjonov AOKA da o‘tkazilgan brifingda hisobot berib o‘tdi.
Uning aytishicha, sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlariga sarflangan mablag‘ni hisobotdan chiqarish yuzasidan buyurtmachilarga talabnoma kiritilgan va qurilish ishlari ularning o‘z mablag‘lari hisobidan qayta bajartirilishi belgilangan.
Bundan tashqari, 2 ta holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 147-moddasi 1-qismi bo‘yicha ma’muriy bayonmoma rasmiylashtirildi” deydi Dilshod Oxunjonov.
Shuningdek, Transport vazirligi huzuridagi yo‘l qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasiga sifatsiz yo‘llar haqida aholi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar o‘tgan yildagiga qaraganda 45 foizga oshgan.
“O‘zyo‘linspeksiya” boshqarmasiga joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 474 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur ko‘rsatkich 2021 yilning shu davrga nisbatan 45 foizga oshgan. Kelib tushgan murojaatlarning 133 tasi avtomobillarning yo‘ldan foydalanuvchilaridan bo‘lib, ularning har biri hududiy davlat inspektorlari tomonidan manfaatdor tomonlarning vakillari ishtirokida ko‘rib chiqildi va natijasi bilan ma’lum tadbirlar amalga oshirildi”, dedi Dilshod Oxunjonov.
Uning aytishicha, 61 ta murojaat bilan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 80 ta ko‘rsatma berilgan. Biroq ko‘rsatma talablarini muddatida bartaraf etmagan 5 ta holat yuzasidan mansabdor shaxslarga tegishli choralar qo‘llash bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilgan.
Shuningdek, 70 ta murojaatga binoan yo‘l ob’ektlarining sifat ko‘rsatkichlari aniqlanib mazkur ob’ektlarni endilikdagi ta’mirlash dasturiga kiritish yuzasidan hokimliklar, avtomobil yo‘lini balansda saqlovchi tashkilot hamda tegishli sekrot rahbarlariga takliflar kiritilishi aytib o‘tildi.
Quvonchbek G‘aybullayev
LiveBarchasi