2022 yilda “Ortiqxo‘jayevning Toshkenti” qanchaga boyishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Joriy yil Toshkent shahrining shahar byudjeti zaxira jamg‘armasi hajmi 42,9 mlrd so‘m miqdorida belgilandi. Bu haqda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining “2022 yil uchun Toshkent shahar mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan.

Qayd etilishicha, poytaxt va uning tumanlari birgalikdagi byudjeti 6 044,7 milliard so‘m hajmida tasdiqlangan. Poytaxtning tumanlarsiz byudjeti 4 428,7 milliard so‘mni tashkil qilgan. 

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi hamda tuman hokimliklarining Zaxira jamg‘armalari mablag‘lari shahar hamda tumanlar byudjetlarida ko‘zda tutilmagan, kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratiladi.

Shuningdek, quyidagi soliq turlari va boshqa majburiy to‘lovlar Toshkent shahar mahalliy byudjeti hamda tumanlar mahalliy byudjetlari o‘rtasida taqsimlanadi:

•  benzinni, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i;

•  aylanmadan olinadigan soliq;

•  yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;

•  yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;

•  suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

Toshkent shahar mahalliy byudjetiga quyidagi soliq turlari va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lig‘icha o‘tkaziladi:

•  elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

•  qonunchilikda belgilangan miqdorlardagi davlat bojlari (patent boji va litsenziya berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);

•  qonunchilikda belgilangan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga undiriladigan jarimalar;

•  qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga undiriladigan boshqa yig‘imlar (bojxona organlari tomonidan undiriladigan yig‘imlardan hamda g‘ildirakli trasport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamlari uchun utilizatsiya yig‘imidan, shuningdek avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun to‘lovdan tashqari);

•  qonunchilikda belgilangan miqdorda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) va ajratmalar;

•  jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tushumlarning (jismoniy shaxslar mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan to‘laydigan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tashqari) Toshkent shahrida 5 foizi;

•  foyda solig‘idan tushumlarning (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq yirik soliq to‘lovchilar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek norezidentlarning to‘lov manbaidan ushlab qolinadigan daromadlaridan to‘lanadigan foyda solig‘idan tashqari) Toshkent shahrida 5 foizi to‘liq shahar byudjetiga taqsimlanishi ma’lumot uchun qabul qilinadi.

Quyidagi soliq turlari tumanlar byudjetiga to‘liqligicha o‘tkazib beriladi:

•  jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;

•  jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;

•  jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha deklaratsiyaga asosida to‘lanidigan soliqlar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

•  suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bunda elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan soliq mustasno;

•  qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;

•  mobil aloqa xizmatlari, tamaki va alkogol maxsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar tegishincha 2021 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, Toshkent shahar aholisini respublika aholisidagi ulushiga muvofiq o‘tkazib beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing