2022 yilda QQS to‘lovchi korxonalar toifasi kengaytiriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2022 yil uchun soliq va bojxona siyosatini takomillashtirish doirasida Byudjetnomada qator o‘zgarishlar ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Hisob palatasining “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi va 2022 yil uchun byudjetnoma bo‘yicha bergan xulosasida aytib o‘tilgan.

2022 yilda Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha amaldagi soliq stavkasi 15 foiz miqdorida saqlab qolinmoqda. QQS zanjirining uzluksizligini ta’minlash va uning hisoblab chiqarish va to‘lashdan bo‘yin tovlashni oldini olish maqsadida tushum hajmidan qat’iy nazar quyidagilar hisobiga QQS to‘lovchi korxonalar toifasi kengaytirilmoqda:

•    sug‘oriladigan yerlari 25 gektardan ortiq bo‘lgan fermer xo‘jaliklari;
•    soliq maslahatchilari tashkilotlari va auditorlik tashkilotlari;
•    notijorat, shu jumladan byudjet tashkilotlari.

Soliq kodeksi bilan berilgan jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari xizmatlari (bundan byudjetdan moliyalashtiriladigan mustasno), shuningdek, sport inshootlari, ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etishdan daromadlar qismida hamda qat’iy summada ko‘rsatiladigan bank xizmatlari qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

QQS

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing