2022 yilda qancha o‘zbekistonlik Haj va Umra amallarini bajargani aytildi
Bu qiziq
−
10 yanvar 2023
8290O‘zbekistonda o‘tgan yilda qancha fuqaro Haj va Umra amallarini bajargani aniq bo‘ldi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘limi boshlig‘i Sirojiddin Salomov xabar berdi.
Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha 2022 yilda 12 045 nafar ziyoratchi Haj, 61 mingdan ortiq ziyoratchi esa Umra amallarini ado etgan. Shuningdek, o‘tgan yildan boshlab Umra ziyoratiga boruvchilar sonini belgilash bo‘yicha kvotalar olib tashlangan. Natijada respublikaning ayrim hududlarida navbatlar tashkil qilish jaroyonlari butkul tugatilgan.
Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, hududlarda 19 ta yangi diniy tashkilot o‘z faoliyatini boshlagan. Shu bilan birga 50 ta diniy tashkilotda tubdan qayta qurish, 38 tasida ta’mirlash ishlari yakunlangan. 321 ta diniy idorada hozirda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, diniy zo‘ravonlik va boshbosh-doqlikka chorlaydigan g‘oyalar va qarashlar tarqalishiga xizmat qiluvchi 4 mingdan ortiq materiallarning O‘zbekistonga kirib kelishi oldi olingan.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi