2022 yilda iste’molchilarga 40 mlrd zarar yetkazilgan

Jamiyat

image

2022 yilning o‘tgan davrida 2 milliondan oshiq iste’molchining huquq va manfaati buzilgan. Yetkazilgan zarar miqdori – 40 milliard so‘m. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Matbuot xizmati rahbari Mohruxsor Tog‘ayeva ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, iste’molchilar uquqlarini himoya qilish agentligiga shu vaqtga qadar iste’molchilardan 12 mingga yaqin murojaat kelib tushgan.

Ularning 40 foizi uy-joy kommunal, qurilish va transport xizmatlariga to‘g‘ri kelsa, 38 foizi savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, 16 foizi aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 6 foizi reklama munosabatlari va boshqa masalalarga to‘g‘ri keladi.

“Hozirga qadar Agentlik sa’y-harakati bilan iste’molchilar foydasiga 24,5 mlrd dan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilib berilgan. Qolgan mablag‘larni iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilish choralari ko‘rilmoqda”, deydi Mohruxsor Tog‘ayeva.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing