2021 yilning fevral oyi so‘nggi yetti yildagi eng sovuq oy bo‘ldi

Olam

image
O‘zbekistonda fevral oyidagi havo harorati rekord o‘rnatdi north_east

O‘zbekistonda fevral oyidagi havo harorati rekord o‘rnatdi

2021 yilning fevral oyi dunyoda 2014 yildan beri kuzatilgan eng sovuq davr bo‘ldi. Vaholanki, umuman olganda 2021 yil qishi tarixda kuzatilgan eng issiq o‘ntalikdan joy oldi. Bu haqda AQSHning Okean va atmosfera milliy boshqarmasi xabar bermoqda.

Olimlar fikricha, 2021 yil fevral oyi Tinch okeanining tropik suvlarida La-Ninya (yer usti suvlari harorati me’yordan pastroq bo‘lishiga olib keladign shamol) tufayli sayyoramizdagi eng sovuq oy bo‘ldi.

Shu bilan birga, joriy qish mavsumi (dekabr-fevral) dunyodagi kuzatuvlar tarixidagi eng iliqlari orasida sakkizinchi o‘rinni egalladi.

Masalan, Shimoliy yarim shar 142 yil ichida eng issiq qishni o‘tkazgan.

Fevral oyida o‘rtacha quruqlik va okean sathining harorati 0,65 selsiy bo‘ldi — bu XX asr davomida o‘rtachadan yuqori bo‘lgan ko‘rsatkich. Natijada bu oy dunyodagi eng issiq fevral oylarining biriga aylandi, lekin shu bilan birga, 2014-yildan beri kuzatilgan eng sovuqlaridan biri sifatida ham e’tirof etildi.


Maqola muallifi

Teglar

fevral'

Baholaganlar

78

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar