2021 yilning eng yomon filmlari ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Amerikalik kinotanqidchi Alonso Duralde “Red Notice” (Qizil xabarnoma) va “Don’t Look Up” (Yuqoriga qaramang) komediyasini 2021 yilning eng yomon filmlari deb atadi. Bu haqda “Entertainment Weekly” nashri xabar bermoqda. 

Duralde 2021 yilda eng ko‘p omadsizlikka uchragan 10 ta film ro‘yxatini tuzib, ularni alifbo tartibida sanab o‘tdi. Ular orasida aktyor Tom Xolland ishtirokidagi ikkita film   – “ Chaos Walking” (Xaos qadami) ilmiy-fantastik filmi va “Best Picture Cherry” (Pastga) dramasini ham kiritilgan. 

Tanqidchi, shuningdek, muvaffaqiyatsiz filmlar sifatida “Dear Evan Hansen” (Qadrli Evan Xansen) musiqali filmini va Leonardo Di Kaprio ishtirokidagi “Don’t Look Up” (Yuqoriga qaramang) komediyasini ham tilga oldi.

Ro‘yxat “Here Today” (Bugun bu yerda), “Red Notice” (Qizil xabarnoma) va “Karen” (Karen) filmlari bilan davom etdi. Eng yomon filmlar qatoriga Duralde “Arvohlar mamlakatining asirlari” va “Space Jam: A New Legacy” (Spacye Jam: Yangi avlod) bolalar komediyasini ham kiritdi.

“Barcha filmlar katta salohiyatga ega – ularda yaxshi rejissyorlar, ssenariynavislar, aktyorlar ishlagan. Biroq filmni yaratishda yo‘l qo‘yilgan ayrim xatolar loyiha muvaffaqiyatiga to‘sqinlik qilgan”, deydi Alonso Duralde.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

400

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing