2021 yilgi davlat dasturi qabul qilindi

Jamiyat

image

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 

Davlat dasturidagi 274 bandda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 29,5 trln so‘m, 2,6 mlrd dollar va 57,5 mln yevro yo‘naltiriladi. 2020 yilda 18,2 trln so‘m va 10,3 mlrd AQSH dollar etiladi.

Davlat dasturi jami 274ta banddan iborat bo‘lib, birinchi – davlat boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha – 20ta, ikkinchi – sud-huquq yo‘nalishi bo‘yicha – 18ta, uchinchi – iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha 113ta, to‘rtinchi – ijtimoiy soha yo‘nalishi bo‘yicha 93ta, beshinchi – tashqi siyosat va xavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha 30ta banddan iborat vazifalar belgilab olingan.

Eslatib o‘tamiz, 18 yanvar kuni dastur loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan edi. O‘shanda bandlar soni 276 ta edi. Birinchi va ikkinchi  yo‘nalishlarga bandlar qo‘shilgan. To‘rtinchi va beshinchi yo‘nalishlardan bandlar olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing