2021 yildan gidrometeorologiya ma’lumotlari pulli bo‘ladi

Jamiyat

image

2021 yildan O‘zbekistonda gidrometeorologiya ma’lumotlarini sotib olish jarayoniga o‘tiladi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda idrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sherzod Habibullayev ma’lum qildi.

“Gidrometeorologiya xizmatining asosiy foydalanuvchisi – davlat tashkilotlari, yirik klasterlar, yirik fermerlar va albatta investorlardan iborat. 2021 yilda gidrometeorologiya xizmati sifatini oshirishga asosiy e’tibor qaratilsa, 2022 yilda davlat mablag‘larini 30 foizga kamaytirish rejalashtirilgan. 2021 yilda ma’lumotlarni sotib olish jarayoniga o‘tish rejalashtirilmoqda. Ya’ni, davlat xizmatlaridan tashqari xususiy sektorni shakllantirish nazarda tutilmoqda”, deydi Habibullayev.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy universitetida Rossiya Gidrometeorologiya universitetining shu yo‘nalishdagi fakulteti ochiladi.

Ta’kidlanishicha, yangi geoportal tizimi test rejimida ishga tushmoqda. Buning yordamida xavfli zonalar, xavfli hududlar bo‘yicha kartaga oldindan tushiriladi va ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

404

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing