2021 yilda O‘zbekiston xorijdan eng ko‘p qaysi oziq-ovqat mahsulotini import qildi?
Jamiyat
−
10 fevral 2022
56232021 yilda oziq-ovqat mahsulotlar importi 2,2 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25foiz yoki 441 mln dollarga oshdi. 2020 yilda mazkur ko‘rsatgich – 1,7 mlrd dollarni tashkil qilgan edi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Matbuot kotibi Gulshan Botirova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mahsulotlar asosan Qozog‘iston ( 881 mln dollar), Rossiya (747 mln dollar), Belorus (105 mln dollar), Ukraina (59 mln dollar), Turkiya (45 mln dollar) davlatlaridan import qilgan.
Import qilingan mahsulotlarning asosiy qismini:
• bug‘doy – 616 mln dollar (2020 yil nisbatan +10 foiz);
• o‘simlik va xayvonlardan olingan yog‘lar (misol uchun, kungaboqar yog‘i, palma yog‘i, margarin) – 499 mln dollar (+53 foiz);
• go‘sht mahsulotlari (tovuq go‘shti) – 188 mln dollar (+84 foiz);
• un va un mahsulotlari – 158 mln dollar (+19 foiz);
• shakar va konditer mahsulotlari – 146 mln dollar (-41 foiz);
• meva-sabzavotlar (kartoshka) – 142 mln dollar (+73 foiz);
• sut mahsulotlari, tuxum va asal – 68 mln dollar (+41 foiz);
• alkogolsiz ichimliklar – 48 mln dollar (+182 foiz);
• konservalangan meva-sabzavotlar – 43 mln dollar (+59 foiz);
• yormalar (grechka, suli yormasi, manna yormasi) – 14 mln dollar (+27 foiz).
Bundan tashqari, Davlat investitsiya dasturi doirasida 2021 yilda oziq-ovqat sohasida umumiy qiymati 281,2 mln dollar bo‘lgan 51 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, natijada, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati 479 ming tonnadan oshirilgan.
LiveBarchasi