2021 yilda sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxlari e’lon qilindi

Jamiyat

image
600 mln so‘mlik avtoraqamni Ahad Qayum sotib olgani rostmi? north_east

600 mln so‘mlik avtoraqamni Ahad Qayum sotib olgani rostmi?

Joriy yilning I choragida sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 million so‘mni tashkil qildi. Bu haqda O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi ma’lum qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu davrda avtoraqam.uzex.uz veb-saytida onlayn-auksionlar orqali 139,1 milliard so‘mlik 70 mingdan ziyod “chiroyli” avtoraqamlar sotilgan. Bunda, avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 3 barobarga, hajmi bo‘yicha 50,6 foizga o‘sgan. 

Qayd etilganidek, sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 million so‘mni tashkil qilgan. Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati esa 2 million so‘mga teng bo‘lgan. Sotilgan avtoraqamlar qaysi belgilardan iborat ekani ochiqlanmagan. 

Ma’lumot uchun, 2020 yil davomida auksion savdolari orqali 98 898 ta davlat raqami belgisi, 243 milliard 185 million 752 ming 610 so‘mga sotilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

901

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing