600 mln so‘mlik avtoraqamni Ahad Qayum sotib olgani rostmi?

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekistonda ilk bor avtomobil raqami qariyb 600 million so‘mga sotilgani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng, shoir va rejissyor Ahad Qayum ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand hududiga tegishli ushbu “rekordchi” avtoraqamni sotib olgani haqidagi da’vo bilan chiqdi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan ushbu masalaga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan bog‘landi. Viloyat IIB Axborot xizmati xodimi ushbu avtoraqamni sotib olgan fuqaro Ahad Qayum emasligini ma’lum qildi.

“Raqamni sotib olgan fuqaro – samarqandlik. Ammo, biz unga avtoraqam sotib olish uchun pulni kim berganini bilmaymiz. Ushbu fuqaroning ism-familiyasi o‘zining ruxsatisiz oshkor qilinmaydi. Lekin u Ahad Qayum emas”, deydi Samarqand IIB xodimi.

Ma’lumot uchun, bugun, 4 yanvar kuni yakunlangan auksion savdosida 30 Z 777 ZZ raqami 596 525 000 so‘mga sotildi. Ammo g‘olib bunga qo‘shimcha ravishda 29 993 500 so‘m vositachilik yig‘imini ham to‘laydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

6544

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing