2021 yilda metroda qancha yo‘lovchi tashilgan?

Jamiyat

image

2021 yil davomida Toshkent metropoliten transportida 101 mln 758 ming 6 yo‘lovchi tashilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishcha, 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida metroda 101 mln 758 ming 6 yo‘lovchi tashilgan. Bu ko‘rsatkich 2020 yilning shu davriga nisbatan 2,6 martaga ko‘p. 

Xususan, 2020 yilning yanvar-dekabr oyida 38 mln 814 ming 9 yo‘lovchi tashilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metrosida o‘tgan davr mobaynida metro poyezdlarining harakat vaqtida to‘xtab qolishi, manzilga yetmay yo‘lovchilarni tushurib yuborishi yoki yurib ketayotgan poyezd eshiklarining ochilib ketishi kabi holatlar ro‘y bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing