Telegram
Birinchi biling!
Texnologiya
−
29 yanvar 2022
9905Yaponiya avtomobil ishlab chiqaruvchisi Toyota 2021 yilda 10,5 million dona avtomobil sotdi va shu tariqa ketma-ket ikkinchi yil eng yirik ishlab chiqaruvchiga aylandi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchisi savdosi yil davomida 10,1 foizga oshgan. Ta’kidlanishicha, Toyota mahalliy va xorijiy raqobatchilarga nisbatan koronavirus pandemiyasi ta’siri va undan kelib chiqadigan cheklovlar hamda ta’minot zanjiri uzilishlarini osonroq boshdan kechirgan.
Uning eng yaqin raqobatchisi Volkswagen Group bo‘lib, u o‘tgan yili dunyo bo‘ylab 8,9 million dona avtomobil sotgan, bu 2020 yilga nisbatan 5 foizga kam.
Uchinchi o‘rinni esa o‘tgan yilda 7,8 million avtomobil sotgan Renault-Nissan-Mitsubishi alyansi egallagan.