2021 yilda asosan MDH davlatlari fuqarolari rossiyalik bo‘lgan

Olam

image

2021 yilda Rossiya fuqaroligini olish bo‘yicha sobiq SSSR tarkibida bo‘lgan Ukraina, Tojikiston, Qozog‘iston va Armaniston fuqarolari yetakchilik qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning 11 oyi davomida 667 mingdan ortiq chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qilingan. 2020 yilning shu davrida - 563 mingga yaqin odam rossiyalik bo‘lgan. 

2021 yilda Rossiya fuqaroligini olgan xorijiy fuqarolar orasida yetakchi o‘rinlarni Ukraina, Tojikiston Respublikasi, Qozog‘iston va Armaniston Respublikasi fuqarolari egalladi.

Shuningdek, 2021 yilning 11 oyida 800 dan ortiq yuqori malakali xorijlik Rossiya fuqaroligiga qabul qilingan. Bu 2021 yilga nisbatan 150 taga kam.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya fuqarolik

Baholaganlar

253

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing