2021-2023 yillarda O‘zbekistonga kiritiladigan investitsiya keskin oshadi
Jamiyat
−
02 dekabr 2020
8103COVID19 pandemiyasi kelasi yillarda O‘zbekistonga kiritiladigan xorijiy investitsiyalarga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Bu haqdagi ma’lumotlar 2021 yil uchun Davlat byudjeti loyihasida keltirilgan.
Qayd etilishicha, joriy yil yakunida jalb qilinayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar vakreditlar hajmining o‘sishi kutilmoqda (1,8 foizgacha).
2021-2023 yillarda jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmini sanoat, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi va yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni saqlab qolgan holda inqirozgacha bo‘lgan davr ko‘rsatkichlariga erishish prognoz qilinmoqda.
Aniq raqamlar misolida olib qaralsa, 2019 yilda O‘zbekistonga kiritilgan investitsiya hajimi 6 512,5 million AQSH dollarini tashkil etgan. 2020 yil yakuniga qadar ushbu miqdor 6 630,0 million AQSH dollari bo‘lishi prognoz qilingan. 2021-2023 yillarda esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar keskin oshishi kutilmoqda. Bunda 2021 yilda 7 819,0 mln AQSH dollari, 2022 yilda 9 297,0 mln AQSH dollari va 2023 yilda 11 072,7 mln AQSH dollari investitsiya prognozi mavjud.
LiveBarchasi