2020 yilning asosiy ilmiy kashfiyoti ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
18 dekabr 2020 5622 1 daqiqa
Amerikaning "Science" jurnali koronavirusga qarshi vaksinalarni yilning asosiy ilmiy yutug‘i deb topdi.
Gap Moderna, Pfizer-BioNTech, "Sputnik V" vaksinalari va ularning boshqa analoglari haqida ketmoqda, deyilgan jurnalda chop etilgan maqolada.
Maqolada aytilishicha, ko‘pchilik bu yilgi asosiy ilmiy kashfiyot qandaydir yo‘l bilan koronavirusga bog‘liq bo‘lishini tushungan. Biroq, mutaxassislarga so‘nggi haftalardagina "bu unvon COVID-19 ga qarshi yuqori samarali vaksinalarga berilishi" ma’lum bo‘lgan.
"Golden Torp" nashri Bosh muharririning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqtgacha bunday vaksinalarning paydo bo‘lishi erishib bo‘lmaydigan bo‘lib tuyulgan, ammo hozirda ko‘plab mamlakatlar o‘z aholisini koronavirusga qarshi emlashni boshlagan.
Qayd etilishicha, "Science" jurnali har yili o‘nta yirik ilmiy yutuqlarni aniqlaydi. Bundan tashqari, nashr o‘quvchilari o‘rtasida "xalq" yutug‘i uchun ovoz berish jarayonini ham o‘tkazadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025