2020 yildan dorixonalarga litsenziya beruvchi vakolatli organ o‘zgaradi
Jamiyat
−
13 dekabr 2019
5412O‘zbekiston Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qator vakolatlari bekor qilinayotgani haqida xabar bergan edik.
Hujjatga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining alohida funksiya va vakolatlari tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalariga berilmoqda. Jumladan, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosini amalga oshirishga litsenziya berish Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga o‘tkazilmoqda. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, mazkur qarorda 2020 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 28 turdagi hujjatlarni fuqarolardan talab qilinishi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ularning berilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ham belgilangan. 2021 yil 1 yanvardan boshlab esa davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va amalga oshiriladi.
LiveBarchasi