2020 yilda Toshkentda 100 dan ortiq noqonuniy ko‘p qavatli binolar qurilgan

Jamiyat

image

Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida ko‘p kvartirali uy-joylar qurish holatlari ortib bormoqda. Bu haqda Toshkent shahri bosh arxitektori Nuriddin Sagatov brifingda ma’lum qildi.

Oqibatda qurilgan ko‘p kvartirali uylardagi muhandislik kommunikatsiyalari tizimga salbiy ta’sir o‘tkazib, ayrimlarini quvvati yetmay, ayrimlari esa turli xil avariya holatlari kelib chiqmoqda. 

“2020 yilda xatlov o‘tkazilganda 100 dan ortiq yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibda uy-joy qurmasdan uch va undan ortiq qavatli (ko‘p kvartirali) uy-joylar qurilgani aniqlangan. Buning oqibatida, shu uylar atrofidagi aholining noroziligi, kommunal sohadagi muammolar ortib bormoqda”, deydi Nuriddin Sagatov.

Qayd etilishicha, yangi tahrirdagi Shaharsozlik kodeksida yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarda ikki va undan ortiq bo‘lgan ko‘p kvartirali uylarni qurish taqiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

qurilish

Baholaganlar

189

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing