2020 yilda mansabdorlar davlatga 500 mlrd zarar yetkazgan – BP

Jamiyat

image

2020 yil davomida respublika bo‘yicha jami 1 148 ta jinoyat ishi bo‘yicha 1 723 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 9 nafari respublika, 45 nafari viloyat va 1 669 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan. 

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 835 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 227 nafari firibgarlik, 132 nafari pora olish (berish) va pora olish-berishda vositachilik qilish, 58 nafari mansab mavqeini suiiste’mol qilish, 31 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, 25 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 16 nafari mansab soxtakorligi va 399 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etishgan. 

Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 500,1 mlrd. so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 355,7 mlrd. so‘mi undirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Bosh prokuratura

Baholaganlar

181

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing