2020 yil tarixdagi eng issiq yil bo‘ldi

Bu qiziq

image

O‘tgan 2020 yil tarixda kuzatilgan eng iliq yil bo‘ldi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi Iqlimni monitoring qilish xizmati mutaxassislari ma’lum qilgan. 

Qayd etilishicha, 2020 yilda o‘rtacha harorat sanoatgacha bo‘lgan davrga nisbatan 1,25 daraja yuqori bo‘lgan. 

Shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar 2016 yilda ham kuzatilgan edi. Ammo o‘sha yili ob-havoga El-Nino hodisasi ta’sir ko‘rsatgan. Ya’ni, Tinch okeanining ekvatorial suvlari isishi ob-havoning isishiga hissa qo‘shgan. 

2020 yilda esa bu hodisa ro‘y bermagan bo‘lsa ham, harorat rekord darajaga ko‘tarilgan. 

“El-Nino yillik haroratga ta’sir ko‘rsatmagan 2020 yil, tarixdagi eng iliq yil bo‘ldi”, degan Kaliforniya shtatining Oklend shahridagi Iqlim va energetika bo‘yicha institut direktori Zik Xausfater . 

Ma’lumot o‘rnida, El-Nino hodisasi har ikki-yetti yilda bir marta sodir bo‘ladi. Ushbu hodisa paytida iliq yer usti suvlari Tinch okeanining tropik qismiga oqib o‘tadi, bu esa keng hududlarda ob-havoni o‘zgartiradi. La- Ninya hodisasi esa, aksincha, sayyorani sovutadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 2015 yildan beri o‘tgan olti yil, eng iliq davr hisoblanadi. Bu barqaror va chuqurlashib borayotgan iliqlik tendensiyasidan dalolat beradi. 

Global haroratning bir darajaga ko‘tarilishi ham, qurg‘oqchilikka, issiqlik to‘lqinlariga, dengiz sathining ko‘tarilishiga va kuchli bo‘ronlarga olib kelishi mumkin.

Avvalroq, 2021 yilda yangi “qaynoq” rekordlar kuzatilmasligi aytilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing