2019 yilda O‘zbekistonga qancha sayyoh kelgani ochiqlandi

Jamiyat

image

2019 yil davomida O‘zbekistonga 6 748 500 nafar sayyoh tashrif buyurgan, 2018 yilda esa bu ko‘rsatkich 5 346 200 kishini tashkil qilgan. Bu haqda Davlat turizm qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ularning orasidan aksariyat, ya’ni 51,3 foizni 31-55 yoshdagi kishilar (2018 yilda 52,1 foiz), 20,2 foizini 55 yosh va undan kattalar (2018 yilda 19,4 foiz), 19,5 foizini 19-30 yoshdagilar (2018 yilda 20,4 foiz) va 9,1 foizini 0-18 yoshlilar (2018 yilda 8,1 foiz) tashkil qiladi.

Eng ko‘p sayyoh Markaziy Osiyo mintaqasidan tashrif buyurgan bo‘lib, ularning soni 5 764 500 kishiga yetgan. MDH mamlakatlaridan kelganlar soni 495 600 kishini tashkil qilgan. Uzoq xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlar soni esa 488 400 ming kishini qayd etgan. 

Sayyohlarning aksariyati Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Afg‘oniston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston kabi davlatlardan  tashrif buyurgan. 

O‘zbekistonga tashrif buyurganlar orasida qarindosh-urug‘ va do‘stlarini ko‘rishga kelganlar soni 81,8 foizdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, dam olish uchun kelganlar 15,5 foizni tashkil etgan. Boshqa sabablar, jumladan davolanish, xaridlar, biznes uchrashuvlarda ishtirok etish hamda ta’lim olish  maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,7 foizni qayd etdi. 

2019 yil yakuniga ko‘ra, turistik xizmatlar eksporti ko‘rsatkichi 1 mlrd 313 mln AQSH dollarini tashkil qilib, 2018 yilga nisbatan (2018 yilda 1 mlrd 041 mln) 26,1 foizga o‘sish qayd etildi. 

Joylashuv vositalari soni jami 1188 tadan iborat bo‘lgan bo‘lsa, shundan 833 tasi – mehmonxonalar, 214 tasi – xostellar va 141 tasi boshqalar.

Hududlar kesimida joylashuv vositalarining yuklanish darajasi quyidagicha: Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 62,6 foiz, Andijon viloyati – 65,0 foiz, Buxoro viloyati – 96,6 foiz, Jizzax viloyati – 52,5 foiz, Qashqadaryo viloyati – 61,0 foiz, Navoiy viloyati – 74,3 foiz, Namangan viloyati – 40,6 foiz, Samarqand viloyati – 82,3 foiz, Sirdaryo viloyati – 64,4 foiz, Surxondaryo viloyati – 68,8 foiz, Toshkent viloyati – 76,1 foiz, Farg‘ona viloyati – 42,7 foiz, Xorazm viloyati – 81,5 foiz, Toshkent shahri – 85,7 foiz.


Maqola muallifi

Teglar

turizm

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing