2019 yilda qancha o‘zbekistonlik RF fuqaroligini olgani ma’lum qilindi
Olam
−
25 noyabr 2019
77932019 yilda 14 ming O‘zbekiston fuqarosi Rossiya fuqaroligini oldi. Umumiy hisobda esa Rossiya fuqaroligini olganlar soni joriy yilda o‘tgan yilga qaraganda 48 foizga ko‘p bo‘ldi.
Rossiya IIVning ma’lum qilishicha, 2019 yilda 285 ming chet ellikka RF fuqaroligi berilgan. Shundan, 146 mingi ukrainalik, 35 mingi qozog‘istonlik, 30 minggi tojikistonlik, 17 mingi armanistonlik, 14 mingi o‘zbekistonlik, 11,5 mingi moldaviyaliklar.
Xorijliklar Rf fuqaroligini asosan (71 ming) Rostov viloyatidan olgan. Moskva va Moskva viloyatidan mos ravishda 10 va 18 ming kishi fuqarolik olgan. Krasnodar o‘lkasi, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatidan 10 ming kishi (har bir hududdan) fuqarolik olgan.
LiveBarchasi