2000 yilda tug‘ilgan yigit avtomobilida piyodani urib ketdi. Piyoda vafot etdi
Jamiyat
−
27 may 2020
7460Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 26 may kuni soat 11:00 larda, Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani 4N-425 “Uchqo‘rg‘on – Yangiyer” mahalliy yo‘lining 5 km.da haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan S.Q. (erkak) “Kobalt” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotib, yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda, 1969 yilda tug‘ilgan R.A.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
Natijada, piyoda R.A. (erkak) og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Mazkur YTH yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilishlarini, piyodalarga e’tiborli bo‘lishlarini, piyodalar esa yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmasliklarini so‘rab qolamiz“, deyiladi boshqarma xabarida.
LiveBarchasi