200 dan ortiq erkak zo‘ravonlikdan himoya so‘rab murojaat qildi – Mahalla vazirligi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Hozirgi kunga qadar reabilitatsiya markazlariga jami 4 mingdan ortiq fuqaro zo‘ravonlikdan himoya so‘rab murojaat qilgan. Ahamiyatli tomoni ularning 209 nafar erkaklar. Bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Dilorom Qo‘ziyeva ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, endilikda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida xotin-qizlar reabilitatsiya markazlari davlat muassasi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 1 ta Respublika markazi, 14 ta viloyat markazi va 14 ta namunaviy mintaqalararo markaz, jami 29 ta ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi tashkil etiladi. Markazlar davlat tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi. 

Hozirgi kunga qadar reabilitatsiya markazlariga 4200 dan ortiq fuqaro murojaat qilgan. Ularning 3827 tasi ayol, 169 tasi bola, 209  nafari erkak.

Murojaat qilganlarning 1347 tasi ruhiy, 845 tasi jismoniy, 23 tasi jinsiy, 394 tasi iqtisodiy, 1596 tasi boshqa masalalarda zo‘ravonlik holatlaridan shikoyat qilgan.

"Qonunchiligimizda zo‘ravonlikning 4 ta turi bor: jismoniy, jinsiy, ruhiy, iqtisodiy zo‘ravonlik. Lekin bizning tahlillarimiz oilaviy-maishiy zo‘ravonlik  holalari ham ko‘p uchrayotganligi va bunga yetarlicha ta’rif berilmayotganini ko‘rsatmoqda", deydi Dilorom Qo‘ziyeva.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi yuqori turuvchi organlarga 2019 yilda qabul qilingan "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonuniga tegishli o‘zgartirishlar kiritish borasida takliflarini kiritgan.

Murojaatlar tahliliga ko‘ra oilaviy zo‘ravonlik er-xotin o‘rtasida doimiy kelishmovchilik tufayli – 1889 ta holatda, uchinchi tomon aralashuvi tufayli zo‘ravonlik – 457 ta holatda, ota-ona va farzand o‘rtasida zo‘ravonlik – 101 ta holatda aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

reabilitatsiya

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing