20 ta “qo‘l”li yangi mavjudot kashf etildi (foto)

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Antarktida qirg‘oqlari yaqinida tadqiqot o‘tkazayotgan olimlar yangi dengiz osti jonzotini qo‘lga oldi. Bu haqda “Archyde” nashri ma’lum qildi.

Noodatiy hayvonning 20 ta “qo‘li” va o‘ziga xos tanasi mavjud bo‘lib, shakli biroz qulupnayga o‘xshaydi. Shu sababli ham u “qulupnay shakliga ega mavjudot” deb nomlandi.

Tadqiqotchilar o‘tkazgan ekspeditsiyasining maqsadi “sirli” dengiz hayvonlarini ovlash edi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, yangi mavjudot dengiz yulduzlari kabi boshqa umurtqasiz okean hayvonlariga o‘xshasa-da, suzish paytida “qanotlari”ning katta o‘lchami va o‘zgacha ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Mavjudot okean sathidan 6500 fut chuqurlikdagi har qanday joyda yashashi mumkin. 

Uning ahamiyatli jihati shundaki, shu vaqtga qadar ko‘pi bilan 10 ta “qo‘l”ga ega bo‘lgan jonzotlar aniqlangandi. Bu fanga ma’lum 20 ta “qo‘l”li birinchi va yagona suv hayvoni hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, Meksika milliy antropologiya va tarix instituti mutaxassislari Mexiko shahrining Santa-Lyusiya munitsipalitetidagi “Felipe Angeles” xalqaro aeroport qurilish maydonida 8-12 ming yillik toshga aylangan flamingo tuxumini topdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing