O‘zbekistonda tibbiyot gipsi o‘rniga 351 tonna qurilish gipsidan foydalanilgan
Jamiyat
−
25 dekabr 2019
9980O‘zbekistonda tibbiyot muassasalarida qonun talablari buzilib, so‘nggi ikki yil ichida 277 mingta holatda gips qilish uchun tibbiyot gipsi o‘rniga 351 tonna qurilish gipsidan foydalanilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma’lum qildi.
Bugun, 25 dekabr kuni Bosh prokuraturada Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiya holatlari hamda ularni keltirib chiqarayotgan shart-sharoitlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh prokuror Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimlari tomonidan qurilish gipsi tibbiyot gipsi o‘rnida foydalanilganini tanqid qildi.
“Xususan, Farg‘onada 30, Buxoroda 33, Toshkent viloyatida 35, Namanganda 36, Qashqadaryoda 38, Samarqandda 43 va Toshkent shahrida 48 tonna qurilish gipsidan foydalanilgan.
Qurilish gipsini qo‘llash, o‘z vaqtida, bemorlarda jarohat olgan suyakning siljishi, gips qo‘yilgan soha terisining shilinishi, teri allergiyasi kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Shunday bo‘lsada, respublikada tibbiy gips ishlab chiqaruvchi bironta korxona tashkil etilmagan, vazirlik esa, bunday tashabbus bilan chiqmagan”, deydi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.
LiveBarchasi