20 oy diskvalifikatsiyadan so‘ng Mudrik Angliyaning boshqa jamoasiga o‘tishi mumkin
Sport
−
17:43 298 1 daqiqa
Ukrainalik qanot yarim himoyachisi Mixaylo Mudrik faoliyatini “Koventri Siti”da ijara asosida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Koventri Siti” 25 yoshli “Chelsi” futbolchisini ijaraga olish uchun kurashda raqiblaridan ancha oldinda bormoqda.
London klubi Mudrik bilan to‘liq xayrlashish niyatida emas. “Chelsi” rahbariyati uzoq vaqt futbol amaliyotidan chetda qolgan futbolchiga muntazam o‘yin vaqti kerak, deb hisoblamoqda. Shu bois klub uni faqat ijaraga berish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
“Koventri Siti”ni “Chelsi”ning sobiq bosh murabbiyi Frenk Lempard boshqarmoqda. U Mudrikni London klubidagi faoliyati davridan yaxshi taniydi.
“Chelsi” rahbariyati ham “Koventri Siti”ning o‘yin uslubi ukrainalik futbolchiga mos kelishi va uzoq tanaffusdan keyin uning optimal formasiga qaytishiga yordam berishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Mudrik 2024 yil noyabr oyidan buyon rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmagan. Joriy yilning iyul oyining oxirida unga mashg‘ulotlarga qaytish va o‘ynash uchun ruxsat berilgan.
Shundan so‘ng, ukrainalik futbolchi “Chelsi”ning mavsumoldi yig‘ini doirasida uchta uchrashuvda ishtirok etdi. Endi Mudrikning muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun uni ijaraga berish varianti muhokama qilinmoqda.
Live
Barchasi