20 nafar narkokurer qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarqmoqlardan biri orqali narkosavdo bilan shug‘ullangan 20 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati (DXX) xabar berdi.

Aytilishicha, qo‘lga olinganlar 2020 yilda ochilgan Telegram’dagi maxsus kanal orqali giyohvand moddalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan. 2022 yilning oktyabr oyida boshlangan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida dastlab Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi fuqaroni ovloq joyda do‘pposlagan 3 nafar shaxs DXX tomonidan ushlangan.

Aniqlanishicha, bezorilik sodir etgan shaxslar va jabr ko‘rgan fuqaro ham aslida ijtimoiy tarmoqlardan birida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal a’zosi bo‘lgan. Ya’ni jabrlangan fuqaro kanal boshqaruvchisi topshirig‘iga ko‘ra, belgilangan joyga yashirib ketilgan narkotikni xaridorlarga yetkazib berish o‘rniga uni o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirib olgan. Bundan xabar topgan kanal boshqaruvchisi uni jazolash uchun 3 kishini yuborgan.

Hozirga qadar bu kabi egasini aldab, narkotiklarni o‘zlashtirib olgan ko‘plab “zakladchik”lar jazolash bilan shug‘ullanuvchi 17 nafar shaxs tomonidan ayovsiz kaltaklangan va bu jarayonlar tasvirga olinib, topshiriq bajarilgani hisoboti tariqasida kanalga joylashtirilgan. Kanal boshqaruvchisi har bir topshiriq uchun ularga 300-500 AQSH dollari miqdorida pul bergan.

“Mazkur holatlar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida ushbu shaxslar tergov jarayonlariga jalb etilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing