20 ming dollarni oyoq kiyimiga yashirib, O‘zbekistondan olib chiqishga uringan shaxs qo‘lga tushdi  (video)

3-sahifa

image

“Olot” chegara bojxona posti orqali 50 ming AQSH dollarini O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketishga uringan shaxs aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi. 

Joriy yilning 25 sentyabr sanasida Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona postiga piyoda sifatida kirib kelgan fuqaro tegishli tartib doirasida bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Dastlab bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida fuqaro 5 000 AQSH dollari hamda 38 mln so‘m miqdorda milliy valyutalarni taqdim etadi. Ushbu naqd pullar qayta hisob kitob qilingan vaqtda esa, 5 000 AQSH dollari deya taqdim etilgan valyutalar aslida, 10 000 AQSH dollari, milliy valyutalar esa,38 mln so‘m emas balki, 61 580 000 so‘m ekani aniqlangan.

“Mazkur vaziyat esa, fuqaroning bojxona nazoratini chetlab o‘tish maqsadi borligidan dalolat beradi va bojxona xodimlarining gumonlarini yanada oshiradi. Holatga oydinlik kiritish uchun tayinlangan bojxona ko‘rigi davomida fuqaro yana 20 ming AQSH dollari oyoq kiyimi ostiga va 10 ming AQSH dollarini yon cho‘ntaklariga berkitib, olib chiqishga uringanligi tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, hozirda fuqaroning mazkur xatti-harakati yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lib, jami 50 ming AQSH dollari va 61 580 000 so‘m miqdordagi milliy valyutalar holatga oydinlik kiritilgunga qadar vaqtincha saqlovga olingan.

Ma’lumot uchun, jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 mln so‘mgacha bo‘lgan naqd valyuta mablag‘larini ixtiyoriy tarzda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatib, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga ruxsat etiladi. Mazkur me’yordan ortiqcha bo‘lgan pul mablag‘larini olib chiqish uchun esa, tegishli ruxsatnomalarni olish talab etiladi.

Madina Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Buxoro Olot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made