Qonunbuzar 20 ming dollar bilan chegarada ushlandi
Jamiyat
−
03 Sentyabr 2019 6444 1 daqiqa
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qonunbuzarlik holati o‘z vaqtida aniqlandi.
Qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaro O‘.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va uning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida ushbu shaxs qora rangli sumkasi ichidagi ko‘ylak orasiga 20 ming AQSH dollarini ustamonlik bilan yashirgancha olib ketmoqchi bo‘lgani aniqlandi.
Holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Live
Barchasi