20 kishining psixotropdan zaharlanishi ortidan o‘zbekistonlik hibsga olindi

3-sahifa

image

Ichki ishlar vazirligi xodimlari Astraxanda 20 kishini zaharlagan dori vositalarini sotishda gumon qilingan uch nafar xorijlikni qo‘lga oldi. Bu haqda TASS agentligi Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volkga tayanib xabar berdi.  

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Rossiya IIV hududiy bosh boshqarmasining narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari gumonlanuvchilarning shaxsini aniqladi. Ular Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston respublikalarining uch nafar fuqarosi bo‘lib chiqdi. Ular Stavropol o‘lkasida ushlanib, Astraxanga olib ketilgan. 

Volkning xabariga ko‘ra, Rossiyaning mintaqaviy ichki ishlar vazirligi tibbiyot muassasasidan 20 nafar astraxanlik noma’lum moddadan zaharlanish belgilari bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgani haqida ma’lumot olgan. Jabrlanuvchilar bir kun oldin sintetik giyohvand moddalarni iste’mol qilgani avvalroq aniqlangan edi. 

“Ushbu faktlar asosida Rossiya Ichki ishlar vazirligining Astraxan shahri bo‘yicha tergov boshqarmasining axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari, giyohvand moddalar savdosi va iqtisodiy sohada sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tergovchisi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini noqonuniy sotish)da nazarda tutilgan jinoyat asosida jinoiy ish qo‘zg‘atdi”, deya qo‘shimcha qildi vakil.  

Jinoiy tergov doirasida zaruriy ekspertizalar, jumladan, genetik ekspertiza tayinlandi. Voqea sabablariga oydinlik kiritilmoqda. Bundan tashqari, politsiya noqonuniy faoliyatning sheriklarini, shuningdek, hayot uchun xavfli bo‘lgan taqiqlangan moddalarni ishlatishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlamoqda. Giyohvand moddalarni noqonuniy muomaladan butunlay chiqarib tashlash choralari ko‘rilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi 17-20 noyabr kunlari S.M.Kirov nomidagi shahar klinik shifoxonasiga 19 nafar bemor giyohvandlik va psixotrop preparatlardan zaharlanish belgilari bilan yotqizilganini ma’lum qilgandi. Ulardan uch nafari qurbon bo‘ldi. Zaharlanishga metadon (sintetik dori vositasi) sabab bo‘lgani aytilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made