20 avgustdan bir qator mahalliy yo‘lovchi poyezdlari qatnovi tiklanadi (jadval)
Jamiyat
−
18 avgust 2020
7465Joriy yilning 20 avgustidan boshlab, O‘zbekistonda mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi bir qator yo‘lovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklanadi. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
20 avgustdan quyidagi mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklanadi:
20 avgust soat 06:05 dan Toshkent janubiy vokzalidan 92-sonli Toshkent – Andijon;
20 avgust soat 14:34 dan Andijon vokzalidan 391-sonli Andijon – Buxoro;
21 avgust soat 21:04 dan Buxoro vokzalidan 392-sonli Buxoro –Andijon;
21 avgust soat 22:50 dan Toshkent janubiy vokzalidan 82-sonli Toshkent – Sariosiyo;
22 avgust soat 16:00 dan Sariosiyo vokzalidan 81-sonli Sariosiyo –Toshkent;
22 avgust soat 14:30 dan Andijon vokzalidan 397-sonli Andijon –Termiz;
23 avgust soat 15:25 dan Termez vokzalidan 398-sonli Termiz –Andijon;
24 avgust soat 14:34 dan Andijon vokzalidan 393-sonli Andijon –Xiva;
25 avgust soat 13:08 dan Xiva vokzalidan 394-sonli Xiva – Andijon;
26 avgust soat 14:34 dan Andijon vokzalidan 91-sonli Andijon –Toshkent yo‘lovchi poyezdlari qatnovi qayta tiklanadi;
Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
LiveBarchasi