2 yoshgacha bolaga nafaqa olish uchun qanday hujjatlar kerak?
Jamiyat
−
08 iyun 2020
191982 yoshgacha bola parvarishi uchun beriladigan nafaqa olish uchun qanday hujjatlar topshirish kerak? Bu savolga Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva javob qaytardi.
Sevara O‘rinboyevaning ta’kidlashicha, amaldagi qonunchilikka ko‘ra bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uning parvarishi bo‘yicha nafaqa olish uchun arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
– belgilangan shakl bo‘yicha oilaning tarkibi va daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ushbu daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
– bolali oilalarga nafaqa yoki bola parvarishi bo‘yicha nafaqa olish uchun – bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari nusxalari;
– asosan yashab turgan joyi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun — doimiy yashash (doimiy propiska) joyi bo‘yicha bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlanmaganligi va to‘lanmaganligi to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma;
– agar bolalar vasiylikka olingan bo‘lsa – vasiylik va homiylik organining qaroridan ko‘chirma.
Bundan tashqari, moddiy yordamga ehtiyojmandlik to‘g‘risidagi arizaga, ariza beruvchining xohshiga ko‘ra, oilaning ehtiyojmandligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.
Avvalroq, davlat bog‘chalari qachon ochilishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi