2 mlrd so‘mlik tillani noqonuniy pullayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
20 noyabr 3913 1 daqiqa
Andijonda bojxonachilar 2 milliard so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqa bir shaxsdan zargarlik buyumlari joylangan jo‘natmani qabul qilib olayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan.
Jo‘natma belgilangan tartibda va xolislar ishtirokidagi ochib ko‘rilganida, uning ichida maxsus tayyorlangan 3 ta o‘ram borligi aniqlangan. O‘ramdan esa umumiy og‘irligi 1 kg 138 gr og‘irlikdagi va tillandan ishlangan 175 dona tayyor zargarlik buyumlari topilgan. Sifati va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan mazkur tilla taqinchoqlarning dastlabki qiymati taxminan 2 millard so‘mni tashkil etgan.
Bildirilishicha, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari joriy yilning o‘tgan davrida zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq 55 ta huquqbuzarlik holatlariga chek qo‘ygan. Natijada qiymati 6 mlrd so‘mdan ortiq 7,5 kg og‘irlikdagi zargarlik buyumlari vaqtincha saqlovga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida 740 mln so‘mlik oltinni noqonuniy pullayotganlar ushlangandi.
Live
Barchasi