19 yillik kelishuv: Toshkent “biqin”idagi ikki qishloq nega Qozog‘istonga o‘tgani oydinlashdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida joylashgan Bog‘is va Xiyobon qishloqlari rasman Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududiga biriktirilgani haqida xabar bergan edik. 

Ma’lum bo‘lishicha, Bog‘is va Xiyobon qishloqlari ilgari O‘zbekiston hududi hisoblangan. Biroq 2002 yilda Qozog‘iston va O‘zbekiston Prezidentlari ikki o‘rtada qozoq-o‘zbek chegarasi to‘g‘risida bitim imzolagandan so‘ng, yuqoridagi ikki qishloq Qozog‘iston tarkibiga o‘tgan. 

Ikki tomon o‘zaro kelishuvga erishgan bo‘lsa-da, bu qishloqlar uzoq vaqt de-fakto avtonom bo‘lib qolavergan. Aholining bir qismi Qozog‘iston pasportiga, qolganlari esa O‘zbekiston pasportiga egalik qilgan.

Xabarga ko‘ra, Bog‘is va Xiyobon aholi yashash punktlari Qozog‘iston xaritasida qayd etilmagani va Xalqqa xizmat qilish ma’lumotlari bazasida yo‘q bo‘lgani sababli ikki qishloq aholisi hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelgan. Ular bu haqida shikoyat qilib, bir necha bor mahalliy OAV va Qozog‘iston Prezidentiga murojaat qilgan.

Shundan so‘ng, 2021 yil aprelda Turkiston viloyatining maslahati hukumatga tomonlarning kelishuvi bilan O‘zbekistondan Qozog‘istonga o‘tgan yerlarni qo‘shib, mintaqa chegaralarini o‘zgartirish taklifini kiritgan. 

Yakunda esa Qozog‘iston hukumatining tegishli qarori bilan yuqoridagi ikki qishloq Turkiston viloyati hududiga biriktirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2322

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing