19 yoshli yigit mashinasida 50 yoshli erkakni urib yubordi. Piyoda vafot etdi

3-sahifa

image

Bugun, 8 oktyabr kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 19 yoshli yigit transport vositasini boshqarib ketayotib, 50 yoshli erkakni urib yuborishi oqibatida piyoda vafot etdi.

Qayd etilishicha, taxminan soat 00:05 larda A.Temur ko‘chasida haydovchi 2005 yilda tug‘ilgan O.Sh. Nexia-3 rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 1974 yilda tug‘ilgan U.A.ni urib yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.  

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

“Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida uyining darvozasi oldida turgan erkakni mashina urib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH mashina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing