19 yoshli Yamal farzand kutyaptimi?

Sport

image

Kecha, 6 sentyabr kuni “Barselona” hujumchisi Lamin Yamal “Valensiya”ga qarshi uchrashuvdagi golidan keyin barmog‘ini og‘ziga qo‘yib, so‘rg‘ichga o‘xshash ishora qildi. Bu esa tarmoqlarda Yamal farzand kutyapti degan taxminlarga sabab bo‘ldi.

Yamal golni nishonlash vaqtida barmog‘ini og‘ziga qo‘yib, so‘rg‘ichga o‘xshash ishora qilgani tarmoqlarda futbolchining sevgani Ines Garsiya Santos homilador bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar avj olishiga sabab bo‘ldi.

Biroq bu taxminlar tasdiqlangani yo‘q. “Yahoo Sports” ma’lumotlariga ko‘ra, Yamal mazkur ishorani kichik ukasi Keynga bag‘ishlagan. Keyn sentyabr oyida to‘rt yoshga to‘ladi.

Shu tariqa, futbolchining goldan keyingi ishorasi otalik haqida emas, balki ukasiga bag‘ishlangan samimiy tabrik bo‘lgani aytilmoqda. Ines Garsiya Santosning homiladorligi haqida esa hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lamin Yamal o‘z sevgilisi Ines Garsiya bilan bir uyda yashay boshlagani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing