19 yoshli velosportchi poygadagi halokatdan so‘ng vafot etdi
Sport
−
15:18 1309 1 daqiqa
Britaniyalik velosportchi Finley Tarling Portugaliyadagi “Vuelta” poygasining sakkizinchi bosqichida olgan og‘ir jarohatlari oqibatida vafot etdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
19 yoshli uelslik sportchi poyga vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.
“Fin jamoamizning juda sevimli a’zosi edi. Ammo eng muhimi, u ko‘pchilik uchun o‘g‘il, aka va do‘st edi. Biz uni juda sog‘inamiz”, deya ma’lum qilgan uning jamoasi – NSN Development Team.
Portugaliya Prezidenti Antoniu Joze Seguru ham sportchining oilasi va yaqinlariga ta’ziya bildirgan. U Tarlingning vafoti poyga va mezbon mamlakatni qayg‘uga solganini ta’kidlagan.
“Vuelta a Portugal” poygasining sakkizinchi bosqichi fojiali voqeadan so‘ng “hurmat va qayg‘u belgisi sifatida” to‘xtatilgan.
Ma’lumot uchun, Finley Tarling joriy yilning iyun oyida o‘tkazilgan Britaniya chempionatida 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi individual sprint bahslarida uchinchi o‘rinni egallagan edi.