19 yashar yigit urib ketgan YPX xodimi 3 kun o‘tib vafot etdi

3-sahifa

image

Avvalroq, joriy yilning 1 sentyabr kuni Toshkent shahri Mirobod tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida YPX inspektori serjant Salim Umarov jarohatlangani, shifoxonaning Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani haqida xabar bergan edik. YPX xodimi bugun, soat 07:00 uch kunlik muolajalardan keyin vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Katta serjant Salim Umarov Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati brigadasi 2 bataloni 3-mobil guruhi inspektori bo‘lgan. Endigina 30 yoshni qarshilagan Umarov uch nafar voyaga yetmagan farzandning otasi di.  

Eslatib o‘tamiz, Umarovning vafotiga sabab bo‘lgan YTH 1 sentyabr kuni soat 19:00 lar atrofida Mirobod tumanida sodir bo‘lgan.

Shahrisabz ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori serjant Salim Umarov “Grand Mir” mehmonxonasi oldida 25 yoshli Jahongir B. boshqaruvchidagi Captiva rusumli avtomobilni to‘xtatgan. Serjant Umarov haydovchining hujjatlarini tekshirib, yo‘lning chetiga qarab yura boshlagan. Shu vaqtda Lacetti rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan 19 yoshli Temurbek M. boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan Captiva bilan to‘qnashgan va inersiya bo‘yicha harakatni davom ettirib, YPX xodimini bosib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH YPX

Baholaganlar

843

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing