18 yoshga to‘lmaganlar bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun jinoiy javobgarlik o‘rnatildi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun qabul qilindi. Qonun bilan 18 yoshga to‘lmaganlar bilan jinsiy aloqa qilish uchun jinoiy javobgarlik o‘rnatildi.

Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxsning o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligini aybdor bilgan holatda uni moddiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish uchun javobgarlik belgilaydigan modda qo‘shiladi.

Bunday xatti-harakatlarni amalga oshirgan shaxslar uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlariga mahkum qilinadi. Shuningdek, ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz,avvalroq xonanda Jasur Umirov voyaga yetmagan Sh.M.ni nomusiga tekkani, unga nisbatan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2020 yilning 21 dekabr kuni qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgani haqida xabar bergan edik. Keyinchalik Jasur Umirovning sudi yopiq tarzda o‘tkazilishi aytildi. Sud hukmi bilan Umirov va boshqalar aybdor deb topilib, ularga nisbatan sud hukmi bilan tegishli jazolar tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3817

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing