18 yashar yigit Farg‘onadagi futbol maydonida vafot etdi
Jamiyat
−
08 avgust 2019
8775Farg‘onada 18 yashar yigit futbol maydonchasida olgan jarohati sabab vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kecha, 7 avgust kuni Farg‘ona tumanida Yoshlarobod ko‘chasida yashovchi 26 yoshli A.G‘. Sado ko‘chasida joylashgan futbol maydonchasida o‘zaro janjal oqibatida tanishi Oqbilol ko‘chasida yashagan 18 yoshli I.U.ning yuziga qo‘llari bilan urgan. Nutijada I.U. boshi bilan yerga yiqilib tushgan.
I.U. jarohat olib shifoxonaga keltirilganida vafot etgan. A.G‘. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi