18+ Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol o‘ta dahshatli tarzda o‘ldirildi
3-sahifa
−
24 mart 2023
47401Turkiyaning o‘zbekistonliklar eng ko‘p istiqomat qiladigan Istanbul shahrida yana bir o‘zbekistonlik ayolga nisbatan navbatdagi dahshatli jinoyat sodir etildi. Ayol qotillik qurboni bo‘lgani yetmagandek, uning jonsiz tanasi bo‘laklarga bo‘linib, muzlatgichda saqlandi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Istanbulning Bog‘chaliuylar tumanida yashagan o‘zbekistonlik 40 yashar Umida To‘laganova o‘zi bilan birga yashagan 61 yoshli Riza Beler tomonidan tosh bilan o‘ldirilgan. Erkak To‘laganovaning jasadini bo‘laklarga bo‘lib, muzlatgichga joylagan.
Xabarlarda aytilishicha, voqea kecha, 23 mart kuni ertalab soat 05:30 da 4 qavatli turar-joy binosining 3-qavatidagi xonadonda sodir bo‘lgan.
Riza Beler uzoq vaqt birga yashagan Umida To‘laganovaga bankdan 17 ming turk lirasi (taqriban 891 AQSH dollari) kredit olganini aytgan. Ikkovi o‘rtasida kredit qarzi va oldingi qarzlar yuzasidan kelishmovchilik chiqqan. Janjaldan so‘ng Riza Beler To‘laganovani tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab tashlagan. Beler Umidaning kesilgan bo‘laklarini axlat qoplariga solib, muzlatgichga qo‘ygan.
Er-xotinning uyidan janjal ovozlarini eshitgan qo‘shnilar politsiyaga xabar bergan. Chaqiriq bo‘yicha uyga kelgan politsiya guruhlari o‘ldirilgan ayolning jasadini muzlatgichdan topib, gumondor Riza Belerni qo‘lga olgan.
Holat bo‘yicha boshlangan tergov-surishtiruv doirasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, marhuma To‘laganova gumonlanuvchi Riza Beler bilan ancha vaqtdan beri kelisholmay yurgan. Shu sabab Beler ayolni o‘ldirishni rejalashtirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, To‘laganovani tosh bilan o‘ldirishni rejalashtirgan Beler, oldindan uyiga tosh yashirib qo‘ygan. U qo‘lga tushmaslik uchun ayolning jasadini bo‘laklarga bo‘lib, uni qoplarga solgan, vaqti-vaqti bilan ularni tashqariga uloqtirishni reja qilgan. Gumonlanuvchi politsiya bo‘limida ushbu jinoyatni sodir etganini tan olgan.
LiveBarchasi