18 mart kuni O‘zbekistonning qator viloyatlarida kuchli shamol kuzatiladi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 18 mart kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 17-19° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Navoiy viloyatining ayrim tumanlarida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 18-23° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

242

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing